
Otabek Shukurovning kechagi uchrashuvdagi jarohati qanchalik jiddiy? Futbolchining o‘zi javob berib o‘tdi
Xabaringiz bor, kecha Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoamiz o‘rtoqlik uchrashuvida Urugvay bilan kuch sinashib, 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Ushbu bellashuvning 61-daqiqasida Otabek Shukurov kichik jarohat olib, maydonni tark etdi.
To‘qnashuvdan so‘ng futbolchi Sports.uz saytiga bergan kichik intervyusida jarohatining qanchalik jiddiyligi va Kannavaro bilan birgalikda terma jamoa ichidagi muhit haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Yangi bosh murabbiy bilan jamoadagi muhit juda yaxshi holatda. Shuningdek, hozirgi kunda jarohatlar juda ko‘p.
Bundan tashqari, Kannavaro boshchiligidagi murabbiylar shtabining ko‘rsatmalarini asta-sekin o‘rganyapmiz. In Shaa Alloh tez orada ko‘nikib olamiz.
Yozda oyog‘imni operatsiya qildirgan edim. U shu kungacha ham to‘liqligicha tuzalib ketmadi. Buni esa hech kimga aytmagan edim. Uning og‘rig‘i sabab biroz qiynalyapman. Xudo Xohlasa tez kunda asta sog‘ayib olsam, albatta formaga kirib olaman", - deya javob berib o‘tdi terma jamoamizning etakchi futbolchilaridan biri.
Fikrlar