
"Siti" futbolchisi "Barsa"ga o‘tish uchun mavsum oxirigacha tekinga o‘ynashga ham tayyor
"Barselona" prezidentligiga nomzod Viktor Fontning so‘zlariga ko‘ra, "Manchester Siti" himoyachisi Erik Garsiya kataloniyaliklar safiga qaytish uchun vaqtinchalik puldan voz kechishga ham tayyor.
“Biz vaqtinchalik rahbariyatdan Garsiyani xuddi Kuman xohlayotganidek, yanvarda sotib olishni so‘raymiz. Agar saylovda g‘olib chiqsak, biz buni qo‘llab-quvvatlaymiz. Erik Ispaniya terma jamoasi safida Evropa chempionatida ishtirok etish uchun “Barselona”ga o‘tmoqchi.
Garsiyaning transferi “Barselona”ga joriy mavsumda sovrinlar uchun kurashishda qo‘l kelgan bo‘lardi. “Manchester Siti” uni 3 million evroga sotishga tayyor. Bundan tashqari, to‘lovni keyingi mavsumga qoldirish ham mumkin. Erik esa, “Barselona”da mavsum oxirigacha tekinga o‘ynashga rozi" - dedi Font.
19 yoshli Garsiya asli “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum “Siti”da 8 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar