
"Siti" "Chelsi"ning tajribali futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Mateo Kovachich faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettirishi mumkin.
"Shaharliklar" 29 yoshli futbolchi bilan muzokaralarni boshladi. Ayni vaqtda klub u bilan shaxsiy shartnoma shartlarini muhokama qilmoqda.
Qayd etish lozim, "Chelsi" Kovachich bo‘yicha takliflarni eshitishga tayyor.
Joriy mavsumda xorvat APL doirasida 27 uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol hamda 2 ta samarali uzatma muallifiga aylangan.
Fikrlar