"Siti" - "Chelsi": Taxminiy tarkiblar bilan tanishing

  • 24 yanvar, 16:35
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertaga APL doirasida "Manchester Siti" o‘z maydonida "Chelsi"ni qabul qiladi. Ushbu bellashuv katta afishasi bilan birgalikda APLda kuchli to‘rtlikka kirish uchun kurash bo‘layotgani bilan ham ahamiyatlidir. 

Mazkur o‘yin uchun turli nashrlar taxminiy tarkiblarni e’lon qilmoqda. Bizning e’tiborimizni "The Sporting News" nashrining taxminiy tarkibi va keltirgan argumenti qiziqtirdi. 

EChL doirasida bo‘lib o‘tgan Parij klubiga qarshi bellashuvda Ake maydonga tushmadi va hatto Parijga ham bormagan. Shuningdek, Diash o‘yinning birinchi taymidan so‘ng murabbiyga o‘yinni davom ettira olmasligini aytgan. 

"Himoyadagi muammolar yangi kelganlar uchun imkoniyat yaratadi. Husanovning Liga 1'da to‘plagan tajribasi uni maydonga tushish ehtimoli borligini anglatadi", - deyiladi "The Sporting News" nashri yozgan maqolada. 

"Manchester Siti"ning taxminiy tarkibi: Ederson, Husanov, Akanji, Gvardiol, Lyuis, Gyundogan, De Bryuyne, Grilish, Foden, Xoland, Marmush. 

"Chelsi"ning taxminiy tarkibi: Sanches, Jeyms, Adarabioyo, Koluill, Kukurelya, Kaysedo, Fernandes, Madueke, Palmer, Sancho, Jekson. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!