
Simone Indzagi: "Biz ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqdamiz"
"Inter" jamoasi bosh murabbiyi Simone Indzagi A seriyaning 3-turidan o‘rin olgan "Atalanta" qarshi bellashuvdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:
"Biz ajoyib o‘yin o‘tkazdik. Yigitlar dastlabki daqiqalardanoq o‘yinni to‘g‘ri baholashdi. Men futbolchilarimdan hujum qilishlarini so‘radim. Biz "Atalanta" bilan o‘yinda qanday qiyinchiliklar bo‘lishini oldindan bilardik.
Birinchi yarim soatni zo‘r o‘tkazdik. Keyin raqiblar sur’atni oshirdi va biz birinchi bo‘limning so‘nggi 15 daqiqasida biroz sekinlashtirdik.
Keyinchalik yana o‘yinga qayta oldik va g‘alabaga bo‘lgan katta ishtiyoq bilan uchrashuvni yakunladik. Avval Tyuramning dubli, keyin uchinchi va to‘rtinchi gollar kiritildi. Yigitlar shu kuni shunchaki o‘z o‘yinlarini ajoyib tarzda o‘tkazishdi. Ularga o‘yin uchun tashakkurimni izhor etaman", - dedi "Inter" bosh murabbiyi Simone Indzagi.
Fikrlar