Simeone: "So‘nggi 11 yil ichida "Real" va "Barsa"ga yaxshigina raqobat tug‘dirdik"

  • 23 sentabr, 2023, 16:17
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletiko Madrid" bosh murabbiyi Diego Simeone jamoasining so‘nggi yillardagi o‘yiniga baho berdi. Argentinalik mutaxassisning fikricha, "matraschilar" "Real" va "Barselona"ga munosib qarshilik qildi.

Tecno

"So‘nggi 11 yil ichida biz "Real" va "Barselona"ga yaxshi raqobatlashdik. Oldinga siljishda davom etishimiz va yangi yo‘llarni izlashimiz kerak", - deya xulosa qildi Simeone "Real" bilan derbi oldidan matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, Simeone boshchiligida "Atletiko" ikki marta Ispaniya chempioni bo‘lgan va ikki marta Chempionlar ligasi finaliga chiqqan. Shu bilan birga, jamoa ikki marta Evropa ligasida ham g‘alaba qozongan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!