
Simeone: "Siti"ga farqi yo‘q"
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone "Manchester Siti"ga uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (1:0) o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib o‘tdi.
"Buyuk shaxs shakllantirgan va muvaffaqiyat qozonishdan to‘xtamaydigan jamoaga qarshi qiyin o‘yin. Biz ko‘proq qarshi hujumlarga tayanmoqchi edik. Birinchi bo‘limda ular darvozamizni ishg‘ol qila olmagan bo‘lsa-da, o‘z o‘yinimizni namoyish eta olmadik. Ikkinchi taymda "Siti" gol urdi.
Javob o‘yini haqida
Bu kabi raqiblarga qarshi har doim yaxshiroq biror narsa o‘ylab topishingiz zarur. Mazkur o‘yin ikki qismga bo‘lingan uzoq qarama-qarshilik. "Siti"ga farqi yo‘q. Ular doim bir xil uslubda harakat qiladi. Balki, ular dunyodagi eng yaxshi jamoadir", - dedi "matraschilar" ustozi.
Fikrlar