
Simeone: Muvaffaqiyatga oxirigacha ishonish kerak
“Fiorentina” jamoasi hujumchisi Jovanni Simeone “Inter”ga qarshi (1:1) kechgan A Seriya 20-tur uchrashuvidan keyin o‘z fikrini bildirdi. Hujumchi so‘nggi daqiqalarda kiritgan goli bilan florentsiyaliklarni mag‘lubiyatdan saqlab qoldi.
“Muvaffaqiyatga oxirigacha ishonish kerak, o‘shandagina o‘yinni qutqarish mumkin. Uchrashuv davomida ko‘plab vaziyatlarga erishdik, balki 1 ochkodan ko‘rpog‘iga loyiq edik.
Lekin bunday o‘yinlar o‘sishimizda yordam beradi va xatolarni takrorlamaslikka o‘rgatadi. Mag‘lubiyat biz uchun haqli bo‘lmasdi. Jamoamga yordam bera olganim o‘ta muhim”, – dedi Simeone.
Ma’lumot uchun, 22 yoshli Jovanni Simeone “Atletiko” ustozi Diego Simeonening o‘g‘li hisoblanadi.
Fikrlar