
Simeone: "Chempion bo‘lish payti keldi"
"Atletiko Madrid" bosh murabbiyi Diego Simeonening fikricha uning jamoasi La Ligada g‘alaba qozonishi kerak.
"Bilaman, biz g‘alaba qozonishimiz kerak. Men buni so‘nggi to‘rt yil davomida bilaman. Agar "Atletiko" klub va jamoa sifatida o‘sishda, takomillashishda davom etmoqchi bo‘lsa, yana g‘alaba qozonishi kerak.
1996, 2014 va 2021 yillarda chempion bo‘lganmiz va yana vaqti keldi. Vaqt bo‘ldi, biz yutishimiz kerak. Men bo‘shashmaslikka va uchinchi o‘rin menga etarli deb o‘ylamaslikka harakat qilaman.
Uchinchi o‘rindan qoniqdimmi? Yo‘q, bu meni xursand qilmaydi, ammo klub uchun uchinchi o‘rin juda muhim, men esa klub odami", - dedi "Atletiko" bosh murabbiyi Cope'ga bergan intervyusida.
So‘nggi olti mavsumning to‘rttasida madridliklar La Ligada "Barselona" va "Real"dan keyin uchinchi o‘rinni egallagan.
Ayni paytda Simeone jamoasi 3 o‘yinda 2 ochko jamg‘arib, chempionatda 17-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar