Simeone 12 yil boshqargan “Atletiko”ni qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

  • 13 iyul, 2023, 17:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentinalik murabbiy Diego Simeone “Atletiko”ni kelasi yilning yozida tark etadigan bo‘lyapti.

Tecno

Todofichajes nashriga ko‘ra, tomonlar 2024 yilning 30 iyunida yakunlanadigan hamkorlik shartnomasini uzaytirmaydigan bo‘ldi.

53 yoshli murabbiy Madrid grandini 2011 yilning dekabrida qabul qilib olgan edi.

Simeone boshchiligida “Atletiko” ikki marta “Barselona” va “Real”ni ortda qoldirib, Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, bir martadan mamlakat kubogi va Superkubogi g‘olibi bo‘lgan.

“Atletiko” argentinalik murabbiy bilan birga ikki martadan Evropa ligasi va UEFA Superkubogida g‘olib chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!