
Shunqor Abdurasulov qozog‘istonlik bokschiga qarshi jang qiladi yoxud Ukrainada besh nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi
Ukrainaning Krivoy Rog shahri ham xalqaro turnirga mezbonlik qilmoqda. Quvonarlisi, ushbu musobaqaga tashrif buyurgan o‘zbekistonlik bokschilar g‘alabalari orqali barchani xushnud qilmoqda. Bugungi kun dasturidan ham bir qator hamyurtlarimizning jangi o‘rin olgan. Jumladan, 6 nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi. Quyida, ularning raqiblari kim ekanligini bilib olishingiz mumkin.
-52 kg Sodirbek Kamolmirzaev – Rostislav Bilostotskiy (Ukraina)
- 63 kg Shunqor Abdurasulov – Nurjan Serikbaev (Qozog‘iston)
- 69 kg Jahongir Rahmonov – Miroslav Ishenko (Isroil)
+91 kg Jamshid Xudoyberganov – Ahmad Al-Teymat (Iordaniya)
+91 kg Shohjaxon Abdullaev – Mixaylo Luchkin (Ukraina)
Barcha bokschilarimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar