Shukurovning bosh murabbiyi "Paxtakor"ga qarshi kechadigan bahs oldidan nimalar dedi?

  • 20 aprel, 2021, 06:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 3-turida "Paxtakor" mezbonlar - Birlashgan Arab Amirliklarining "Sharja" klubiga qarshi bahs olib boradi. O‘yin avvalidan tashkil etilgan matbuot anjumanida raqiblarimiz bosh murabbiyi Abdulaziz Al-Anbari quyidagi fikrlarni bildirdi:

Tecno

"Tayyorgarlik jarayoni muvaffaqiyatli o‘tdi. Futbolchilarim oldinda kutib turgan qiyin o‘yinga tayyor holatda. Yaxshi saviyali o‘yin namoyish etishda davom etmoqchimiz va omad ham biz tarafda bo‘ladi, deb o‘ylayman. 

Bu kabi musobaqalarda gol urish doim qiyin bo‘lgan. Musobaqa boshlanishi oldidan Velliton jarohat oldi va u "Paxtakor"ga qarshi o‘yinda bizga yordam bera olmaydi. Biroq, bizning jamoa yaxshi tizim ustiga qurilgan va uning yo‘qligi katta zarar etkazmaydi, deb o‘ylayman. 

Ko‘rib turganingizdek, biz oldingi ikki o‘yinda yaxshi vaziyatlar yaratishga muvaffaq bo‘ldik. Ammo raqib darvozabonlari juda kuchli o‘yin ko‘rsatdi. Hozirda ko‘proq to‘pni nazorat qilish borasida ish olib bormoqdamiz va kelajakda o‘zimiz xohlagan natijani olamiz, nazarimda", - deydi "Sharja" bosh murabbiyi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!