Shukurov harakat qilayotgan "Sharja" "Xaur-Fakkan"ni ayab o‘tirmadi

  • 12 mart, 2021, 00:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Birlashgan Arab Amirliklarining 20-turi doirasida hamyurtimiz Otabek Shukurov harakat qilayotgan "Sharja" klubi o‘z uyida "Xaur-Fakkan"ni qabul qildi. Ushbu bellashuvda sharjaliklar 5:1 hisobidagi g‘alabani tantana qildi. 

Tecno

Shukurov jamoasi tomonidan kiritilgan gollarning 4 tasiga braziliyalik futbolchi Igor Koronado mualliflik qildi. Yana bir golni mehmonlar futbolchisi Valid Sirag o‘z postiga yo‘llab qo‘ydi. "Xaur-Fakkan"ning yagona golini braziliyalik Ramon kiritdi. 

G‘alabaga erishgan "Sharja" ochkolari sonini 40 taga etkazib, onlayn jadvalda 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!