
Shu maoshni bersak, Mbappe aniq bizda o‘ynaydi!
“Chelsi”ning yangi xo‘jayini Todd Byoli jamoasiga katta yulduzlarni olib kelish borasida bosh qotirmoqda.
Ayni paytda klub rahbari PSJ bilan kelisholmay yurgan Kilian Mbappeni Angliya premer-ligasiga olib kelmoqchi. Hozirning o‘zida “Chelsi” rahbariyati Frantsiya terma jamoasi hujumchisiga qancha maosh berishi mumkinligi aytilmoqda.
Football London nashrining xabar berishicha, Mbappening yangi jamoa oldiga qo‘yadigan asosiy talabi rekord darajadagi maosh bo‘ladi. Hozir Angliya premer-ligasida eng katta maosh olayotgan o‘yinchi “Manchester Siti” to‘purari Erling Xoland hisoblanadi.
Mbappeni Angliyada rekord darajada moyana oladigan o‘yinchiga aylantirish uchun “Chelsi” unga Xolanddan ko‘proq pul berishi kerak. Bu kamida 60 million evrodan ziyod maosh to‘lash kerakligini anglatadi. Todd Byoli bu xarajatdan qochmoqchi emas.
Fikrlar