Shu ish amalga oshsa, Husanov Yamal bilan birga o‘ynaydi!

  • 9 aprel, 10:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning amaldagi chempioni “Manchester Siti” joriy mavsumdagi inqirozlardan keyin tarkibini jiddiy tarzda kuchaytirishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Tecno

“Shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola asosan yosh o‘yinchilardan tarkib topgan kuchli va raqobatbardosh yangi jamoa shakllantirishga bel bog‘lagan.

Ana shu maqsadda, qishki transferlar davrida “Manchester Siti” 210 million evrodan ortiq mablag‘ sarflab, Evropaning turli klublaridan Abduqodir Husanov, Niko Gonsales, Umar Marmush hamda Braziliyadan Viktor Reysni olib keldi.

Yangilanish va islohotlar yozda ham davom etadi. Xosep Gvardiola o‘z jamoasi safida qator grandlar nishonida turgan qimmatbaho futbolchilarni jamlamoqchi. So‘nggi paytda “shaharliklar” Florian Virts hamda Rodrigo Goes kabi yulduzlarga og‘iz solayotgani haqida ma’lumotlar tarqatitilayotgan edi.

Endi nufuzli manbalardan biri – Fichajes nashri “Manchester Siti” jahon futbolining eng zo‘r iqtidorlaridan Lamin Yamalga da’vogarlik qilayotgani haqida yozmoqda.

Manbaga ko‘ra, manchesterliklar “Barselona”ga 17 yoshli futbolchini so‘rab murojaat yo‘llagan va bu transfer uchun 275 million evro miqdorida badal puli taklif qilgan.

Hozir “Barselona”ning moliyaviy ahvoliga havas qilib bo‘lmaydi. Lamin Yamalning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha davom etishi belgilangan. Kataloniya klubi xo‘jayinlari bu futbolchi yozda 18 yoshga to‘lganida unga yangi shartnoma berishni reja qilgan edi.

Lekin klubning iqtisodiy ahvoli Lamin Yamal va darvozabon Voytsex Shchesniga yangi bitim berishga xalaqit qilyapti. Moliyaviy feyr-pley qoidalari buzilmasligi uchun “Barselona” bu ikki yulduz bilan hamkorlikni uzaytirishdan avval qaysidir qimmatbaho futbolchisini sotib yuborishiga to‘g‘ri kelmoqda.

“Manchester Siti” mutasaddilari “Barselona” atrofida vujudga kelgan ushbu murakkab vaziyatdan unumli foydalanib, Lamin Yamal transferini tashkil qilishga tayyor turibdi.

Agar “shaharliklar”ning rejasi amalga oshsa,  bu futbol tarixidagi eng katta transfer bo‘ladi. Hozirgi rekord ham “Barselona” nomi bilan bog‘liq. 2017 yili kataloniyaliklar braziliyalik hujumchi Neymarni 222 million evro evaziga “Pari Sen-Jermen”ga transfer qilgan edi. O‘shanda ham kataloniyaliklarning bu savdo kutilmagan transfer sifatida baholangan.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, Lamin Yamalning transferi “Barselona”ga katta yordam bo‘lishi va klubning moliyaviy muammolariga echim bo‘lishi mumkin. Ayrim mutaxassislar esa, kataloniyaliklar har qanday vaziyatda ham yosh yulduzini qo‘yib yubormasligini aytmoqda.

Xullas, yaqinlashib kelayotgan transfer bozori juda qizg‘in bo‘lishi va katta transferlar amalga oshishi kutilmoqda. Kutamiz, tomonlar qanday qarorga kelishini albatta vaqt ko‘rsatadi.

Xushxabar: Shomurodovning kelajagi hal bo‘ldi!

17 yoshli baquvvat futbolchimiz Husanov ortidan boradi!

Ana xolos: Husanovni qo‘llab kelgan Xoland tez orada “Siti”dan ketadigan bo‘lyapti

“Roma” fanatlari supergoldan keyin Shomurodov haqida nimalar deyapti?

Shomurodov “top-3”da! Eldor kerakmas o‘yinchidan qahramonga aylandi
Shomurodov “qurbonlari” qatoriga “Yuventus”ni ham qo‘shdi! Eldor qaysi jamoalarga nechta gol urgan?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Азизжон
10/04/2025 00:43
Хусанов борми ситида куринмайди