Shu futbolchi gol ursa, jamoasi umuman yutqazmaydi

  • 23 dekabr, 2024, 08:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” hujumchisi Gabriel Jezusning o‘yini ochilib ketdi. Braziliyalik futbolchi ajoyib statistikani davom ettirmoqda.

Tecno

Mikel Arteta shogirdlari Angliya Premer-ligasining 17-turida “Kristal Pelas” maydonidan 5:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi.

Jezus bu bahsda dubl qayd etdi. Squawka statistika markazining ma’lum qilishicha, Gabriel Jezus Angliya Premer-ligasida gol urgan uchrashuvlarning birortasida uning jamoasi mag‘lubiyatga uchramagan.

Bu seriya ayni paytda 61 ta uchrashuvga etdi. Bu bellashuvlarning 56 tasi Jezusning jamoasi g‘alaba qozongan, beshtasida durang qayd etgan.

27 yoshli hujumchi 2017 yildan beri Angliyada to‘p tepmoqda. Dastlab u besh yil “Manchester Siti” sharafini himoya qilgan va 2022 yilning yozida “Arsenal”ga ko‘chib o‘tgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!