Shotlandiyalik jurnalist Maktomineyni, mozambiklik vakillar Mbappeni "Oltin to‘p" uchun ovoz berishda birinchi o‘ringa qo‘yishdi

  • 27 sentabr, 16:20
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2025 yilgi "Oltin to‘p" uchun kurashda Usmon Dembele 1380 ball to‘pladi va "Barselona"dan Lamin Yamalni (1059), shuningdek, PSJdagi jamoadoshi Vitinyani (703) ortda qoldirib, sovrinni qo‘lga kiritdi.

Tecno

Ovoz berishda qatnashgan 100 jurnalistdan 73 nafari frantsuzni birinchi o‘ringa qo‘ydi. Ushbu ovoz berishda ishtirok etgan jurnalistlardan ko‘pchiligi o‘zlarining tanlovlari bilan ko‘pchilikni hayron qoldirishdi.

Shotlandiyalik jurnalist o‘z ro‘yxatida "Napoli" va Shotlandiya terma jamoasidan Skott Maktomineyni birinchi o‘ringa, gruziyalik jurnalist PSJdan gruziyalik Xvicha Kvaratsxeliyani birinchi o‘ringa qo‘ydi.

Mozambiklik respondent "Real" vakili Kilian Mbappeni birinchi, Muhammad Salohni ikkinchi, Lamin Yamalni uchinchi, Vinisiusni to‘rtinchi o‘ringa qo‘ydi.

Shuningdek, marokashlik jurnalist PSJdagi vatandoshi Ashraf Hakimiyni, misrlik muxbir "Liverpul" yulduzi Muhammad Salohni birinchi o‘ringa qo‘ydi. Salohni, bundan tashqari, Bahrayn, Iordaniya va Janubiy Afrika vakillari birinchi o‘ringa qo‘yishdi. Hakimi birinchi qatorni Belgiya va Gabon vakillaridan ham oldi. 

Ispaniyadan bo‘lgan vakillar "Barselona" yarim himoyachisi Pedrini 9-o‘ringa, "Chelsi" futbolchisi Palmerni 6-o‘ringa qo‘yishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!