Shotlandiya ustozi Germaniyadan uchralgan qaqshatqich mag‘lubiyatga izoh berdi

  • 15 iyun, 2024, 04:57
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Stiv Klark Shotlandiyaning Germaniyadan 1:5 hisobida uchralgan mag‘lubiyatiga munosabat bildirdi. 

Jamoalar Myunxenda "Evro-2024" ochilish o‘yinida maydonga tushishdi. 

"Bu qiyin oqshom. Biz o‘z darajamizda o‘ynamadik. Ko‘ringanidan ancha yaxshiroqmiz, deb o‘ylayman. Umid qilamanki, keyingi ikki bahsda buni ko‘rsata olamiz. 

Maqsadimiz - keyingi uchrashuvda to‘rt ochko qo‘lga kiritish. Germaniya ajoyib terma jamoa. Afsuski, biz ular bilan bahslasha olmadik. Birinchi bo‘lim juda tez o‘tdi va biz o‘yinni qutqarib qola olmadik",
- dedi Shotlandiya bosh murabbiyi.

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!