Shotlandiya bosh murabbiyi: "Qanchalik tayyor ekanligimizni maydonda bilib olasiz"

  • 14 iyun, 2024, 09:11
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Evro-2024" turnirini ochib beruvchi Germaniya - Shotlandiya bahsi oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Shotlandiya bosh murabbiyi Stiv Klark ham ishtirok etib, o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi. 

Tecno

"Barcha g‘alaba qozonishni istaydi, Germaniya ham, biz ham, qolganlar ham, Mening oilam shu erda bo‘ladi va ular o‘yindan zavqlanishadi, degan umiddaman. Qanchalik tayyor ekanligimizni maydonda bilib olasiz", dedi 60 yoshli mutaxassis. 

Shotlandiya ushbu turnirga biroz yomon kayfiyatda etib kelmoqda. (Bu haqida quyida o‘qishingiz mumkin - https://sports.uz/216569). Germaniya esa ancha o‘ziga kelib olgan va favoritlar qatorida bo‘lib turibdi. 

Ma’lumot uchun, ushbu bahs Toshkent vaqti bilan soat 00:00da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!