Shota Arveladze: "Surxon" agressiv o‘yin ko‘rsatadi

  • 14 aprel, 2019, 11:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor bugun Superliganing 4-turi doirasida "Paxtakor" Termizda "Surxon" mehmoni bo‘ladi. "Sherlar" bosh murabbiyi bugungi o‘yindan avval klub matbuot xizmatiga bahs haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Surxon"ni Superligaga endi qaytgan bo‘lsa-da, juda tajribali jamoa desa bo‘ladi, chunki tarkibida yaxshi saviyadagi futbolchilarni jamlagan. Ular agressiv futbol namoyish qilishadi. Bu o‘yin biz uchun oson o‘tmasligi aniq.

Uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishga intildik. Asosiy tarkibdagi o‘yinchilar maydonga tushishlari mumkin.

Bu mavsumda har bir o‘yinimiz o‘ziga xos keskin o‘tmoqda. Yana bir bor "Paxtakor" ishtirokidagi bellashuv barchaning diqqatini o‘ziga jalb qilgan. Jamoamiz bilan bog‘liq futbol bayramlari davom etmoqda. Bizni qiziqarli futbol kutib turibdi deb o‘ylayman", - deydi gruziyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, soat 16:15da boshlanadigan ushbu uchrashuvga O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov ham tashrif buyuradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!