"Sho‘rtan"ni vaqtinchalik boshqaruvchi murabbiy nomi ma’lum

  • 7 may, 17:21
  • Jahongir Inomjonov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sho‘rtan" klubini vaqtinchalik Eldor Moyliev boshqaradi. Bu haqda klub vakillariga tayangan holda O‘zPFL ma’lum qildi.

Tecno

Jamoa bosh murabbiyi Anvar Berdiev bilan tuzilgan mehnat shartnomasi o‘zaro kelishilgan holda bekor qilinganligi sababli, klub akademiyasi direktori lavozimida ishlab kelgan Eldor Moyliev vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi sifatida bo‘lajak uchrashuvlarda jamoani maydonga boshlab tushadi.

Ma’lumot uchun, Anvar Berdiev 2023 yil may oyida "Sho‘rtan" jamoasini  qabul qilib, 7 yillik tanaffusdan so‘ng klubni 2024 yil yakunida Superligaga olib chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шоим Зарипов
07/05/2025 21:02
ШУРТАН КЛУБИНИ ХАМИКОВГА БЕРИШ КЕРАК