"Sho‘rtan"da yangi bosh murabbiy ish boshlaydi
Pro liga ishtirokchisi hisoblangan G‘uzorning “Sho‘rtan” klubi tez orada yangi mavsum uchun tayyorgarligini boshlaydi.
Jamoada e’tiborga molik o‘zgarishlar bo‘lishi kutilyapti. Boisi, bungacha “Sho‘rtan”da bosh murabbiy bo‘lib ishlagan Asror Aliqulov endilikda “Qizilqum” klubi ustozi sifatida faoliyatini boshlagan. Shu bois “Sho‘rtan” rahbariyati uning o‘rniga yangi bosh murabbiy masalasini hal qilish arafasida.
Sports.uz olgan ma’lumotga qaraganda, “Sho‘rtan”da bosh murabbiy sifatida Aleksey Evstafeev ish boshlashi ehtimoldan holi emas.

Ma’lumot uchun, 56 yoshli Aleksey Vladimirovich turli yoshdagi O‘zbekiston terma jamoalarida ishlash orqali nom qozongan. Oxirgi paytlarda Rossiyada “Kuban” futbol akademiyasida faoliyat olib borgan.
“Sho‘rtan” rahbariyati mazkur mutaxassis bilan muzokara olib boryapti. Agar hammasi ikki tomon uchun yaxshi yakun topsa u holda Evstafeev pro ligada ish boshlaydi. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.



Fikrlar