
"Sho‘rtan" yosh himoyachini safga qo‘shib oldi
Mirkomil Abdurazzoqov - "Sho‘rtan" futbolchisi. Bu haqda klub matbuoti e’lon qildi.
"G‘uzorliklar" yangi mavsum uchun tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Klub yana bir yosh va iqtidorli futbolchi bilan jamoa tarkibi kuchaytirdi.
"Paxtakor" tarbiyalanuvchisi, "Metallurg" va "Olimpik" jamoalari tarkibida harakat qilgan himoyachi Mirkomil Abdurazzoqov klub bilan ikki yillik kelishuvga erishdi. Futbolchi 2026 yil oxiriga qadar "oq bo‘rilar" tarkibida bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, 20 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum umumiy 9 marotaba maydonga tushgan.
Fikrlar