
"Sho‘rtan" Tojikiston klubini engdi
Bugun "Sho‘rtan" Toshkentdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida ikkinchi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.
G‘uzorliklar o‘shni Tojikistonning "Regar TadAZ" jamoasi bilan kuch sinashdi. Uchrashuvning 34-daqiqasida raqiblar o‘z jarima maydonchalari ichida "Sho‘rtan" futbolchisiga nisbatan qo‘pollik ishlatdi. Sirojiddin Qo‘ziev 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantirdi - 1:0.
Ikkinchi bo‘limda ham g‘uzorliklar raqibga nisbatan ustunroq harakat qilishdi va yakuniy hisobga ham ta’sirini ko‘rsatdi. 78-daqiqada Murodxo‘ja Jabborov raqib jarima maydonchasiga yorib kirdi va hisobni o‘zgartirdi - 2:0.
"Oq bo‘rilar" poytaxdagi yig‘in doirasida ikkinchi nazorat uchrashuvida g‘alaba qozonishdi. Toshkentdagi yig‘ini esa davom etadi.
"Sho‘rtan": Shohruh Eshbo‘taev, Azizbek Pirmuhammedov, Ulug‘bek Xudoyberdiev, Shohjahon Sultonmurodov, Sirojiddin Qo‘ziev, Doniyor Narzullaev, Jo‘rabek Mannonov, Daler Sharipov, Shahzod Ne’matjonov, Kamron Saidazimov, Javohir Hasanov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Mirkomil Abdurazzoqov, Bekzod Suvonov, Asadbek Saidxonov, Sardor Sa’dullaev, Abror Toshqo‘ziev, Shahboz Nuriddinov, Mirjalol Jumaev, Sarvar Mirzaev, Murodxo‘ja Jabborov, Abbos Ergashboev, Nuriddin Hasanov.
Fikrlar