“Sho‘rtan” “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi bilan shartnoma imzoladi

  • 24 fevral, 20:48
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Sho‘rtan” Abbos Ergashboev bilan shartnoma imzoladi, deb xabar bermoqda klubning matbuot xizmati. 

G‘uzorliklar yangi mavsum oldidan transfer bozorida faol harakat qilishda davom etmoqda. Bu gal klub mutasaddilari jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida “Paxtakor” futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblangan Ergashboev bilan shartnoma imzoladi. 
 
21 yoshli vinger ilgari "Paxtakor", "Andijon" va "Metallurg" kabi klublarda harakat qilishga muvaffaq bo‘lgan. U yangi mavsumda “Sho‘rtan” sharafini himoya qiladi. 

Ma’lumot o‘rnida, Abbos umumiy faoliyati davomida 16 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!