
"Sho‘rtan" klubi COVID-19 uchun test topshirmoqda
“Sho‘rtan” klubi rahbariyati Respublika maxsus komissiyasi tomonidan sport mashg‘ulotlar jarayonini boshlashga ruxsat berilguniga qadar, futbol klublarining Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligi tomonidan belgilangan sanitariya qoidalari va me’yorlariga to‘liq rioya etilishi yuzasidan murabbiy va futbolchilarni COVID-19 testidan o‘tkazishni boshladi.
Bu borada klub bosh murabbiyi Asror Aliqulov shunday dedi:
- Futbolimiz rahbarlarining talabi ham aslida barcha klublarni koronavirus testidan o‘tkazish edi. Bu borada klubimiz rahbariyati ham murabbiy va futbolchilarni ushbu testdan o‘tkazishni istashayotgandi. Hozircha asosan o‘zimizdagi mahalliy o‘yinchilarimizni shifokorlar ko‘rigidan o‘tkazdik. Jamoamizda yana boshqa viloyatlardagi futbolchilarimiz ham bor va ularni ham COVID-19 testidan o‘tkazamiz.
Fikrlar