Shon O'Mellining murabbiyi: "Xamzat Chimaev — tarixdagi eng qo‘rqinchli o‘rta vazn chempioni"

  • 26 avgust, 21:33
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC sobiq chempioni Shon O'Mellining murabbiyi Tim Uelch o‘rta vazn toifasidagi yangi chempion Xamzat Chimaev haqida gapirdi.

Tecno

“Xamzat jang boshlangach atigi besh soniyada teykdaunni amalga oshirdi, ikkinchi raundda esa 10 soniya ichida dyu Plessining ustiga chiqib olib, uni butunlay yo‘q qildi. Chimaev — tarixdagi eng qo‘rqinchli o‘rta vazn chempioni. Hech kim u bilan jang qilishni istamaydi”, — dedi Uelch o‘zining "You Tube" kanalida.

Ma’lumot uchun, ayni paytda 31 yoshli Chimaev 2020 yilda UFC da debyut qilgan. Hozirga qadar u mazkur promoushenda 9 ta bahsda ishtirok etib, ularning barchasida g‘alaba qozongan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!