
Shon Omelli internet olamini tark etdi
UFC dagi kamarini boy bergan Shon O'melli navbatdagi jangiga qadar ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni to‘xtatdi.
"Men keyingi jangimga qadar telefonimdagi barcha ijtimoiy tarmoqlarni o‘chirib yubordim. Internatdagi shaxsiy sahifalarimni o‘z jamoamdagi insonlar boshqaradi. Endilikda bor diqqatni mashg‘ulotlarga qaratyapman" - dedi amerikalik aralash yakkakurash ustasi.
Ma’lumot uchun, O'melli oxirgi jangida gruziyalik Merab Dvalishviliga imkoniyatni boy berib, chempionlik kamaridan mahrum bo‘lgandi.
Fikrlar