
Shon O'Melli chempionga bosh og‘riq bo‘la oladimi?
Shon O'Mellining murabbiyi Tim Velch shogirdining amaldagi chempion Iliya Topuriyani engishiga ishonmoqda.
"O‘ylaymanki, Shon uslub jihatdan Iliyaga muammo tug‘dira oladi. To‘g‘ri, Topuriya kuchli raqib. U bilan jangda birgina xato juda qimmatga tushadi. Ammo O'Melli masofani yaxshi ushlashi, tezligi va tajribasi hisobiga g‘alaba qozonishiga ishonaman", - dedi murabbiy "Submission Radio" ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Shon O'Melli (18-2-1 N/C) "UFC 306" turnirida Merab Dvalishvili(18-4)dan ochkolar bo‘yicha mag‘lub bo‘lgan edi.
Fikrlar