
Shomurodovning "Roma"dagi do‘sti o‘rnini "Real" futbolchisi egallaydi!
"Real" yarim himoyachisi Isko faoliyatini "Roma"da davom ettirishga yaqin turibdi. Bu haqda "Sport Italia" yozmoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, futbolchi transferiga rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourinoning shaxsan o‘zi qiziqish bildirmoqda. Ispaniyalik havbek jamoadan ketishi kutilayotgan Genrix Mxitaryan o‘rnini egallaydi.
30 iyun kuni Isko rasman erkin agentga aylanadi. U "qirollik klubi" safida 2013 yildan buyon harakat qilib kelmoqda.
Fikrlar