Shomurodovning jamoasi BAAga boradi

  • 21 dekabr, 2019, 14:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hamyurtimiz Eldor Shomurodov to‘p suradigan “Rostov” klubi o‘zining ilk qishki o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazadi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

Rostovliklarning BAA yig‘inidagi raqiblari esa keyinroq e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Rostov” fevral oyida Qatarda o‘tkaziladigan “Parimatch” kubogida ishtirok etishi haqida xabar berilgan edi.

Ma’lumot uchun, “Rostov” ayni damda Rossiya premer-ligasida 3-o‘rinda bormoqda. Shomurodov esa to‘purarlar poygasida “Zenit” forvardi Artyom Dzyubadan so‘ng 2-o‘rinni egallab turibdi.

“Rostov” o‘zining ikkinchi davradagi ilk uchrashuvini 1 mart kuni safarda “Axmat”ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!