Shomurodovga Messi o‘ynayotgan chempionat qiziqmas, boshqa klub transferni oxiriga etkazmoqchi!

  • 19 yanvar, 2023, 17:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Qishki transferlar mavsumining o‘rtalarida Eldor Shomurodovning bozori yana qaynay boshladi. Hamyurtimizga anchadan beri xaridor bo‘layotgan “Torino” mutasaddilari Milan shahrida Rim klubi vakillari bilan muhim uchrashuvni o‘tkazdi.

Tecno

Har ikki klub manfaatlarigaxizmat qilgan ushbu uchrashuvda “Torino” tomonidan Davide Vanyatti va Emiliano Moretti, “Roma” tarafidan Tyagu Pinto ishtirok etdi.

XMfpUKs

Turin klubi sport direktori Davide Vanyatti uchrashuv muvaffaqiyatli o‘tganini alohida ta’kidladi.

- Biz uchrashib, o‘zaro aloqalarimizni do‘stona tarzda muhokama qildik. Bir qancha detallarni gaplashib oldik. “Roma” bilan ajoyib aloqalarga egamiz. Shu bois, yaqin kunlarda yangiliklar bo‘lishini kutyapmiz.

Biz bir paytning o‘zida bir necha jarayonlarni kuzatib boryapmiz. Xususan, Eldor Shomurodov transferi ham shular jumlasidan.

Hozir transferni amalga oshirish haqida bosh qotiryapmiz. “Roma” qarshimida moliyaviy feyr-pley bilan bog‘liq bir necha to‘siqlar bor, - dedi Davida Vanyatti.

Eslatib o‘tamiz, “Torino” o‘tkir hujumchiga jiddiy ehtiyoj sezmoqda. Shu bois, ular Italiya futbolida etarli tajriba to‘plagan Eldor Shomurodovni tanlagan.

A Seriyaning bir necha klubi o‘zbek hujumchisi debyut mavsumida “Jenoa” safida to‘purarlik qobiliyatini namoyish qila olganini qadrlaydi. Shuningdek, ular “Roma”da Temmi Abraxam, Nikolo Dzanolo, Paulo Dibala, Andrea Belotti kabi yuqori saviyali hujumchilar yig‘ilib qolgani tufayli bosh murabbiy Joze Mourino Shomurodovga etarli darajada o‘yin amaliyoti berolmayotganini to‘g‘ri qabul qilmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, Shomurodov o‘zini olgan jamoa uni o‘ynatadigan bo‘lsa, ishonchni albatta oqlaydi. Shu bois, Turin klubi o‘zbek hujumchisini bir million evro evaziga yarim mavsumga ijaraga olib, yozda 12 million evro bilan transferni yakunlash huquqini so‘ramoqda.

“Torino” esa, xaridorlardan belgilangan summani darrov to‘lash yoki keyinchalik savdoni yakunlash majburiyatini olishni talab qilyapti.

Shu o‘rinda, Eldor Shomurodovga A Seriyaning boshqa klublaridan hamda xorij chempionatlaridan takliflar tushmoqda. Yaqinda Ispaniya vakili “Valyadolid”dan chorlov bo‘layotgani haqida xabar chiqqandi.

Endi Frantsiyaning “Lill” jamoasi Shomurodov bo‘yicha poytaxt klubiga 13-14 million evrlik taklif tayyorlayotgani ma’lum bo‘ldi.

Biroq, taniqli insayder Janluiji  di Martsioning ta’kidlashicha, Eldor Shomurodov faoliyatini Italiyada davom ettirmoqchi.  Garchi “Roma”ga frantsuzlarning taklifi ma’qul kelgan bo‘lsa-da, Eldorning o‘zi Frantsiyaga bormoqchi emas.

651226_original

Shomurodov faoliyatini A Seriyaning yuqori maqsadlar sari kurashadigan jamoalaridan birida davom ettirishni istayapti. Legionerimiz  oldida “Torino”dan tashqari “Fiorentina” varianti ham bor.

Legionerimiz ligani tark etmoqda. Murabbiyning iltimosi o‘tmadi!

Shomurodov Messi boshchiligidagi superto‘purarlar bilan birga!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
A A A A A
20/01/2023 18:40
Лилль клубигаутиш керак.Бундай имконят булмайди.Италияликларга керак эмассанВактни бой берма.
A A A A A
20/01/2023 18:40
Лилль клубигаутиш керак.Бундай имконят булмайди.Италияликларга керак эмассанВактни бой берма.