Shomurodovga kutilmagan chempionatda o‘ynashni tavsiya qilishdi!

  • 6 avgust, 2022, 16:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Evropada kuchli beshlik chempionatlari birin-ketin boshlanayotgan bir paytda ko‘pchilikning e’tibori transferlarga qaratilgan. Xususan, nafaqat o‘zbekistonlik, balki MDHning qator mamlakatlaridagi futbol ishqibozlari “Roma”dan ketishga shay turgan Eldor Shomurodovning qaysi jamoaga o‘tishini intiqlik bilan kutmoqda.

Ayni paytda hujumchimizga “Torino”, “Sassuolo” va “Bolonya” og‘iz solayotgani haqida ko‘p xabar chiqmoqda. Aksariyat nashrlar Eldor faoliyatini “Bolonya”da davom ettirishi hal bo‘lganini yozyapti.

f953db8637977f9871c951e36e8189e9

Shomurodovga muxlislik qilayotganlarning aksariyatini “Spartak” prezidenti Leonid Fedunning sobiq maslahatchisi Frankot Kamotstsining fikri jalb etdi.

Men ancha oldin Shomurodovning o‘yiniga e’tibor qaratganman. Eldor juda yaxshi va yorqin o‘yinchi!

Afsuski, Shomurodov Italiyada o‘ynab, ayrim muammolarga duch kelyapti. U boshqa chempionatga o‘tishi kerak.

Menimcha, Eldorning o‘yin uslubi Gretsiya chempionatiga to‘liq mos tushadi. Aynan o‘sha erda u o‘zining nimalarga qodirligini to‘la namoyon eta oladi, - dedi Franko Kamotstsi “Sport Ekspress“ nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 27 yoshli Eldor Shomurodov “Mash’al” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2014 yili O‘zbekiston chempionatida muborakliklar safida o‘n marta uchrashuv o‘tkazgan iste’dodli hujumchi kelasi mavsumdan “Bunyodkor”ga o‘tgan edi.

Poytaxt jamoasidagi ikki uch yillik faoliyati davomida Eldor 66 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 18 marotaba ishg‘ol qildi.

Keyinchalik Shomurodov Rossiya premer-ligasining “Rostov” jamoasiga ko‘chib o‘tdi. Rostovliklar safida premer-ligada jami 80 ta uchrashuvda 16 ta, Rossiya kubogi va Evropa Ligasida bittadan to‘p kiritgan hujumchimiz 2020 yilning oktyabrida Italiya chempionatiga yo‘l oldi.

“Jenoa” hujumchimiz uchun “Rostov”ga jami 9 million evro miqdorida badal puli to‘ladi. Kuchli beshlik chempionatlaridagi debyut mavsumida Shomurodov sakkizta to‘p kiritdi va bir necha grand klublar e’tiborini tortdi.

Oxir-oqibat legionerimiz “Roma”ni tanladi. Shomurodov Joze Mourino qo‘l ostidagi mavsumni qirqta uchrashuv, beshta gol va oltita assist bilan yakunladi. Shuningdek, Konferentsiyalar ligasida g‘olib chiqib, Evropadagi ilk nufuzli sovrinini qo‘lga kiritdi.

62e7a3854f97b620875753

Shomurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasi etakchisi va sardori hisoblanadi. Hujumchimiz mamlakatimiz bosh jamoasida 56 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga 30 ta gol yozdirib qo‘ygan.

Bizda ham ayb bor. Shahboz Umarovni boshqacha jazolash kerak edi!

Italiyalik mutaxassis Shomurodovga qaysi jamoaga o‘tishni maslahat berdi!

Shomurodov Rossiyaga qaytadimi?

“Roma”: Shomurodov superto‘purar yo‘lini to‘sib turibdi!

“Sampdoriya” Shomurodov bo‘yicha bayonot berdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Aziz Yuldashev
06/08/2022 00:06
Астагина кулибдида Элдоржонни устидан
&
Абдурахмон лидер
06/08/2022 16:54
Йук манимча ТРИНИДАД И ТОБАГО чемпионати яхши унга мос келади
Baxil Alihuja
06/08/2022 18:35
Шимолий корея, мугулистон, въетнам, непал ва афгонистон чемпионати идеал мос келади! Хеч нима килмайди, захирада утираверади, утираверади!