
Shomurodovga Evropada yana imkoniyat berishga qaror qilishdi!
Eldor Shomurodov “Roma” tarkibida UEFA tasnifidagi uch nufuzli musobaqadan biri – Konferentsiyalar ligasidan g‘olib chiqqan futbolchilardan hisoblanadi.
Rim klubi 2021-2022 yilgi mavsumda ilk marotaba tashkil etilgan ushbu xalqaro turnirda g‘olib chiqqan ilk jamoa bo‘lgandi. Keyingi mavsumda Joze Mourino shogirdlari Evropa ligasi finaliga chiqqan bo‘lsa-da, amalda sovrinsiz qolgandi.
Endi “Roma” Evropa ligasini Daniele De Rossi boshchiligida qo‘lga kiritib, Chempionlar ligasi yo‘llanmasiga ega chiqishga urinib ko‘radi.
Bu mavsumdan e’tiboran, Evropadagi xalqaro turnirlar yangicha formatda tashkil etilmoqda. Evropa ligasining umumiy guruh bosqichida 36 ta jamoa nimchorak finalga chiqish uchun kurashadi. Jamoalar uy-safar tizimida to‘rttadan, jami sakkizta uchrashuvda maydonga tushadi.
Umumiy guruhda dastlabki sakkiz pog‘onani egallagan jamoalar to‘g‘ridan to‘g‘ri 1/8 finalga yo‘llanma oladi. 9-24-o‘rin sohiblari nimchorak finalga chiqish uchun o‘tish uchrashuvlarida ishtirok etishiga to‘g‘ri keladi. Qolgan jamoalar musobaqani tark etadi.
“Roma” bosh murabbiyi Daniele De Rossi Evropa ligasi umumiy guruhidagi o‘yinlarda qatnashadigan o‘yinchilar ro‘yxatini UEFAga taqdim etdi.
Murabbiylar shtabi qaydnomaga yozgi transferlar oynasida eng oxiri bo‘lib jamoaga qo‘shib olangan yangi olingan o‘yinchilar – ispaniyalik Mario Ermoso va germaniyalik Mats Xummelsni ham kiritdi. Yosh o‘yinchi Samuel Dal tarkibga kiritilmagan bo‘lsa, 2007 yilda tug‘ilgan iste’dod egasi Buba Sangarega musobaqa qaydnomasidan joy oldi.
Quvonarli tomoni, yaqingacha Eldor Shomurodov bilan xayrlashish payida bo‘lgan “Roma” legionerimizga Evropa miqyosidagi musobaqalarda ham imkon berishga qaror qildi. Eldorda Konferentsiyalar ligasi va Evropa ligasida o‘ynash tajribasi bor va hamyurtimiz har ikki musobaqada gollari hisobini ochib bo‘lgan.
UEFA qoidasiga ko‘ra, qaydnomaga jami 25 nafar o‘yinchi kiritiladi va ulardan kamida ikki nafari darvozabon bo‘lishi kerak.
“Roma”ning qaydnomasi quyidagicha ko‘rinish oldi:
3-raqam: Esmoris Tasende Xose Anjelino
4-raqam: Kristante Brayan
5-raqam: Ndika Evan Obite
7-raqam: Pellegrini Lorentso
11-raqam: Dovbik Artem
12-raqam: Abdulhamid Saud
14-raqam: Shomurodov Eldor
15-raqam: Xummels Mats
16-raqam: Paredes Leandro
17-raqam: Kone Kuadio Emmanuel Boris
18-raqam: Sule Malvano Matias
19-raqam: Chelik Mexmet Zeki
21-raqam: Dibala Paulo Eksekel
22-raqam: Ermoso Kanseko Mario
23-raqam: Janluka Manchini
28-raqam: Le Fe Entso
35-raqam: Baldantsi Tommazo
56-raqam: Salemakers Aleksis Jessi
59-raqam: Zalevskiy Nikola
66-raqam: Sangare Traore Abubakar
92-raqam: Stefan El-Shaaravi
98-raqam: Rayan Metyu
99-raqam: Svilar Mila
“Roma” ilk uchrashuvini 26 sentyabr kuni “Olimpiko” arenasida Ispaniya chempionati vakili Bilbaoning “Atletik” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Umumiy guruh bosqichida rimliklar Ukrainaning “Dinamo Kiev”, Portugaliyaning “Braga”, Germaniyaning “Ayntrax” jamoalarini o‘z maydonida qabul qiladi. Shuningdek, Shvetsiyaning “Elfsborg”, Belgiyaning “Yunion”, Angliyaning “Tottenxem”, Niderlandiyaning “AZ Alkmaar” futbolchilari mehmoni bo‘ladi.
Bo‘lajak bellashuvlarda Eldor Shomurodov va "Roma"ga muvaffaqiyat tilaymiz!
Fikrlar