Shomurodov va O‘runov o‘ynaydigan chempionat qachondan davom ettirilishi ma’lum bo‘ldi

  • 15 may, 2020, 15:53
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya Premer-ligasi 21 iyun kunidan davom ettiriladi. Chempionatni davom ettirish qarori Rossiya futbol ittifoqi ijroqo‘mining bugungi yig‘ilishida qabul qilindi.

Tecno

Tashkilotning "Twitter"dagi akauntida yozilishicha, klublarga 5 ta o‘zgarish qilishga ruxsat beriladi. Rossiya futbol ligasi (FNL) va Professional futbol ligasi (PFL) bahslari esa yakunlandi. RPLda 15 va 16-o‘rinni egallagan jamoalar FNLga tushsa, quyi ligada dastlabki ikki o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar Premer-ligaga yo‘llanma oladi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu chempionatda o‘zbekistonlik Eldor Shomurodov ("Rostov") va Oston O‘runov ("Ufa") faoliyat olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!