Shomurodov: "Raqib kimligini farqi yo‘q"

  • 26 mart, 2024, 22:36
  • Suhrob Xolbekov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Jahon chempionatiga saralashning 4-turida Gonkongni yirik 3:0 hisobida mag‘lub qilib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. O‘yindan keyin jamoa sardori Eldor Shomurodov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

Tecno

"Minimum vazifani bajardik. Hamma bilan kelishgan holda guruhdan birinchi o‘rin bilan chiqishni maqsad qilganmiz. Bugungi o‘yinga to‘xtaladigan bo‘lsam, maydonda biz ustun bo‘ldik va 3 ochkoni qo‘lga kiritdik".

Shuningdek, hujumchi Eron bilan  bo‘lajak bahs borasidagi savolga ham javob berdi:

"Avval ham aytganman. Bunga e’tibor bermaymiz. Bizda ajoyib jamoa bor. Raqib kimligini farqi yo‘q", - dedi Shomurodov. 

Eslatib o‘tamiz, Eron Turkmanistonni kichik 0:1 hisobida mag‘lub qilib, birinchi o‘ringa qaytdi. Katanets shogirdlari 11 iyun kuni "Ozodi"da eronliklarga qarshi maydonga tushadi.  

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Rescara
26/03/2024 22:43
Админлар Элдорни соглиги хакидаям маълумот берила. Жарохати жиддиймасми?