Shomurodov qadrdoning bo‘lsa, jamoangga chaqir!

  • 26 noyabr, 2023, 10:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya Premer-ligasidagi legionerlarimizdan biri – “Rubin” sharafini himoya qilayotgan Rustam Ashurmatov metaratings.ru saytiga intervyu berdi.

Tecno

27 yoshli futbolchimiz 2023 yilning boshidan beri “Rubin” jamoasida to‘p tepyapti. O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi bo‘lgan markaziy himoyachi faoliyati davomida yurtimizdan tashqari, ma’lum muddat Janubiy Koreyaning ikki klubida ham o‘ynagan.

Sports.uz portali o‘zbek futboli ishqibozlari e’tiboriga Rustam Ashurmatovning intervyusini havola etadi.

IMG_0561

Rustam, terma jamoa sardori va etakchisi Eldor Shomurodov bilan anchadan beri tanishsan. Uning ishlari qalay?

– Eldor – eng yaqin do‘stim. Hozir “Kalyari”da kam o‘ynayotgan unga alam qilyapti. Italiyada ishlari avvalgidek silliq ketmayotganini hamma ko‘rib turibdi.  Lekin unga A Seriya yoqadi.  O‘ylashimcha, u yana Italiyada qoladi. Lekin “Kalyari”da qolishiga aminmasman. Unga Italiyadagi hayot ham, liga ham yoqyapti.

Shomurodovning qadrdon do‘sti sifatida uni “Rubin”ga chaqirmaysanmi? Balki Qozonda unga Rostovdagidan ham qulay bo‘lardi.

– Yo‘q. Shomurodov Italiyada o‘ynab turganida uni ortga qaytishga qanday chaqiraman? Agar u O‘zbekistonda o‘ynaganida, albatta, “Rubin”ga kelishini aytgan bo‘lardim.

Eldorda Rossiyaga qaytish fikri umuman yo‘qmi?  Yozda uni “Spartak” olmoqchi bo‘lgandi.

– Yo‘q. Shomurodov Rossiyaga qaytmoqchi emas.

– Bizning terma jamoada Golovin “Monako”dan kelganida uning saviyasi qolganlarnikidan ancha farq qilishi sezilganini aytishadi. Shomurodov ham shundaymi?

– Ha, mashg‘ulotlarning o‘zidayoq uning darajasi umuman boshqa ekani ko‘rinadi. Eldor terma jamoa sardori, u maydonga tushganida o‘yinimiz boshqacha chiqadi. Uning tezligi yuqori, o‘yin sifati ham boshqa. Shomurodov, boshqacha futbolchi.

Shomurodov bilan O‘zbekiston milliy terma jamoasida Osiyoda o‘ynaysizlar. Rossiya bir yarim yildan beri Osiyo futbol konfederatsiyasiga qo‘shilishni o‘ylayapti. Bunday qadam tashlash o‘rinlimi?

– Menga qolsa, OFKga o‘tmasdim. Daraja umuman boshqa. Rossiya Evropa jamoalari bilan o‘ynashga o‘rganib qolgan.  Shuning uchun termangiz boshqa kuchli jamoalar bilan tenglashib olgandi. Yaxshisi, kutish kerak. Kelajakda Rossiya Evrokuboklarga qaytadi va termangiz ham xalqaro turnirlarda o‘ynaydi.

– Osiyo fubolida Saudiya Arabistoni hammaning diqqatini qozondi. Sening sobiq klubing “Navahor” noyabr oxirida Malkom, Kulibali, Nevesh va boshqa yulduzlar o‘ynayotgan “Al-Hilol”ni qabul qiladi. Bu holat Osiyo futboli rivojiga qanchalik yordam beradi?

– Bundan tashqari, Benzema va Kante bor “Al-Ittihod” Olmaliqqa keladi. O‘yinga chiptalar qolmagan bo‘lsa kerak. O‘zbek muxlislariga yulduzlarni ko‘rish yoqimli bo‘ladi. Buni o‘ziga yarasha ijobiy tomonlari bor. Bunday raqiblarga qarshi o‘yinda osiyolik futbolchilarning saviyasi ham oshadi. Terma jamoalar uchun hech narsa o‘zgargani yzq. OFK saviyasi avvalgidek qolgan.

– Terma jamoadagi sheriging Jaloliddin Masharipov yaqingacha Krishtianu Ronaldu bilan “An-Nasr”da o‘ynardi. Bu tajribasi bilan o‘rtoqlashib turadimi?

– U Ronaldu bilan yaxshi munosabatda bo‘lganini aytadi. Krishtianu hamma bilan yaxshi muloqot qilgan. Eng muhimi, bu yulduz kelganidan keyin Saudiya chempionati darajasi keskin ko‘tarildi. Hozir u top-ligaga aylangan.

8b1c2963f446abc75693e23417d08

– Saudiya Arabistonidan taklif olsang, ko‘rib chiqasanmi?

– Menga bu jarayon qanday bo‘lishi, ayniqsa, jahon yulduzlariga qarshi yoki ular bilan birga o‘ynash juda qiziq. Lekin hozir bor fikru xayolim “Rubin”ga qaratilgan.  Biz chempionatning birinchi yarmini sakkizinchi o‘rinda yakunladik. Ko‘prog‘ini istaymiz. O‘zimni ko‘rsatish va “Rubin”ga yuqori o‘rinlarni olishida yordam berishga umid qilaman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!