
Shomurodov o‘ynayotgan chempionatga yana bir superhujumchi keladi
Italiya chempionati yana bir superto‘purar bilan kuchayishi kutilmoqda. “Manchester Siti”ga kerak bo‘lmay qolgan Serxio Agueroni “Yuventus” va “Inter” o‘z safida ko‘rishni istamoqda.
Argentinalik hujumchining amaldagi shartnomasi yozda yakunlanadi. “Shaharliklar” keyingi paytda asosiy vaqtini davolanishga sarflayotgan hujumchi bilan hamkorlikni uzaytirmaydigan bo‘ldi.
Aguero joriy mavsumda beshta o‘yinda maydonga tushdi xolos. Gvardiola uning o‘rniga yosh va kuchli hujumchi qidirmoqda. Tajribali Aguero o‘ziga tezroq yangi jamoa topishga harakat qilyapti. Unga Ispaniya chempionatidan ham yaxshi takliflar borligi aytilmoqda.
Fikrlar