Shomurodov nima uchun ikkinchi taym boshida zaxiraga olindi?

  • 27 mart, 2024, 00:23
  • Suhrob Xolbekov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston JCh saralashining 4-turida Gonkongni o‘z maydonida qabul qilib, yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Jamoa sardori Eldor Shomurodov 20-daqiqada hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi.

Tecno

Uchrashuvning 30-daqiqasida hujumchi birga-bir vaziyatga chiqib bordi va raqib himoyachisi podkat ishlatib, jamoasini goldan qutqardi. Ushbu vaziyatda Shomurodov og‘riq his qilayotganini ko‘rishingiz mumkin. 

Shomurodov o‘yinni davom ettirdi, lekin ikkinchi taym boshida almashtirildi. Uning o‘rniga Oston O‘runov maydonga tushib, mehmonlar darvozasini ishg‘ol qildi. 

Jamoa kapitani uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida mazkur holatga to‘xtalib o‘tdi. U eski jarohatini qaytalab oldi, deb o‘ylagan va tavakkalga qo‘l urishni istamagani uchun zaxiraga olingan. Tibbiy tekshiruvdan keyin hujumchining ahvoli ma’lum bo‘ladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
+998934037982
27/03/2024 22:01
Nimaga zahiraga olinganini bilmasang nega yozasan.oldin bilib keyin yoz