Shomurodov muxlislariga yaxshi yangilik!

  • 13 avgust, 2022, 22:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Kuchli beshlik chempionatlari doirasiga kiruvchi Italiya A Seriyasi ham start oldi. O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari hozircha “Roma”ga muxlislik qilamiz. Sababi Eldor Shomurodov hamon Rim klubi futbolchisi hisoblanadi.

Tecno

Keyingi paytda o‘zbekistonlik legioner “Roma”ni tark etishi haqida juda ko‘p xabarlar chiqdi. Bu mavzuga doir muhokamalar hali tingani yo‘q.

Joze Mourino Portugaliyadagi asosiy tayyorgarlik yig‘inidan so‘ng hamyurtimiz harakatlaridan hayratga tushmaganini e’lon qilganidan so‘ng, Eldorning boshqa klubga o‘tkazilishi yana kun tartibiga qaytgandi.

124bf8c70031973f3bce9cc96768227c

Shomurodovga da’vogarlar kam bo‘lmadi. Italiyaning o‘zidan “Montsa”, “Bolonya”, “Sassuolo”, “Torino”, Angliyadan “Vulverxempton”, Turkiyadan “Galatasaroy” va “Trabzonspor”, Saudiya Arabistonidan “Al-Hilol”. Yana Germaniya tomonlardan chorlovlar borligi aytildi. Futbolchimizning agentlari ham Shomurodov faoliyatida o‘zgarish bo‘lishi mumkinligini inkor qilmadi.

Hozirgi paytda ham yuqorida keltirilgan jamoalardan bir nechtasi yozgi transferlar oynasi yopilgunicha o‘zbek futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishdan umidvor bo‘lib turibdi.

Mana shunday pallada Joze Mourino kutilmagan ishni amalga oshirdi. Portugaliyalik mutaxassis Eldordan umidini to‘liq uzmagan ko‘rinadi. Joze hamyurtimizning birinchi turdagi raqib “Salernitana”ga qarshi o‘yinga olib keldi.

Bu haqda “Roma”ning rasmiy akkauntida ham, jurnalist Yakopo Aliprandi o‘z tvitterida ham ma’lumot berdi.

- Joze Mourino va poytaxtlik boshqa o‘yinchilar qatorida transfer savdolari markazida bo‘lgan Eldor Shomurodov ham Salerno shahriga keldi, - deb xabar tarqatdi Yakopo Aliprandi.

 Boshlangan chempionat “Roma” uchun o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Joze Mourino shogirdlari Chempionlar ligasi yo‘llanmasi, Italiya kubogi va Evropa ligasi bosh sovrini uchun kurashadi. Ayrimlar “bo‘rilar” skudettoga da’vogarlik qilishini ham kutyapti.

Klub rahbariyati ham ana shu maqsadda murabbiylar shtabi talab qilgan deyarli barcha o‘yinchilar – Mile Svilar, Nemanya Matich, Jorjino Veynaldum, Mehmet Zeki Chelik, Paulo Dibalani olib keldi. Hozircha, Shomurodovning Rimni tark etmagani Italiya terma jamoasi hujumchisi Andrea Belottining transferini to‘sib turibdi.

0074d52be112cd4625a6996433544c36

“Roma” chempionatni safar uchrashuvi bilan boshlaydi. “Salernitana” faoliyatining katta qismini quyi ligalarda o‘tkazgani bois, poytaxtliklar bilan u qadar ko‘p to‘qnash kelmagan. Jamoalar 1945 yildan beri A Seriyada o‘zaro sakkiz marotaba ro‘baro‘ kelgan. Shu o‘yinlarning oltitasi o‘tgan asrga to‘g‘ri keladi.

Yangi asrda bu jamoalar o‘tgan mavsumda kuch sinashdi. Har ikki uchrashuvda Joze Mourino shogirdlarining qo‘li baland keldi. Umumiy hisobda “bo‘rilar” bu galgi raqib ustidan etti marta zafar quchib, bir bor imkoniyatni boy bergan. To‘plar nisbati “Roma” foydasiga – 19:7.

Demak, Eldor Shomurodov jamoa bilan Salernoga kelgan ekan, boshlang‘ich tarkibda bo‘lmasa ham, zaxiradan o‘yinga qo‘shilishiga umid qilamiz.

Shomurodovga hech qachon xaridor bo‘lmaganmiz!

“Roma” Shomurodov uchun so‘rayotgan yangi narx “Bolonya”ni jumbushga keltirdi!

Bizda ham ayb bor. Shahboz Umarovni boshqacha jazolash kerak edi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ашуров Бахтийор
14/08/2022 10:46
Омад!!!