
Shomurodov kurashishda davom etadi
A Seriya 22-turidan o‘rin olgan "Empoli" - "Spetsiya" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi.
27 yoshli hujumchimiz uchrashuvdan so‘ng o‘z instagram sahifasiga motivatsion post joyladi: "Biz natijaga erishish uchun kurashni davom ettiramiz. Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun tashakkur".
Qayd etish lozim, legionerimiz Eldor Shomurodov ushbu o‘yinda to‘liq 90 daqiqa harakat qildi va o‘z hisobiga samarali harakat yozdirib qo‘ya olmadi.
Fikrlar