Shomurodov hurmatga loyiq, ortidan Evropani zabt etadigan futbolchi etishib chiqmoqda!

  • 3 aprel, 2021, 06:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Keyingi yillarda o‘zbek futbolida kamol topgan charm to‘p ustalari Evropa va Osiyoning turli mamlakatlarida to‘p tepmoqda. Ayniqsa, Italiya, Rossiya, Belarus, Ukraina, Qozog‘iston kabi UEFA tarkibiga kiruvchi mamlakatlar ligalarida o‘ynayotgan legionerimizning faoliyati hammamizning e’tiborimizni tortmoqda.

Tecno

Bugungi kunda legioner maqomini olgan futbolchilarimiz orasida “Paxtakor” futbol klubi voyaga etkazgan o‘yinchilar ham ko‘pchilikni tashkil qiladi.

O‘z davrida UEFA va OFK davlatlari ligalarida o‘ynagan Ja’far Irismetov ayni paytda “Paxtakor” sport direktori hisoblanadi.

18103486_0_132_1280_853_1920x0_80_0_0_12f34740e962a87d378b1ada27c6cb5d

Ja’far Irismetov “Sputnik” axborot agentligiga bergan intervyusida xorijda to‘p tepish tajribasiga ega ayrim futbolchilarimiz haqida ham fikr bildirdi. Shuningdek, yaqin o‘tmishning eng zo‘r to‘purarlaridan bo‘lgan Irismetov yangi avlod vakillariga ham to‘xtaldi.

E’tiboringizga ushbu intervyuning futbolchilar haqidagi qismini havola etamiz.

- O‘zbekistonda yoshlarga e’tibor qaratilmoqda. Hozir mamlakatda kelajakda haqiqiy yulduz bo‘lib etishadigan futbolchilar avlodi bormi?

- Ayni paytda  “Paxtakor”da ham, O‘zbekiston milliy terma jamoasida ham o‘z salohiyatini namoyish qilayotgan ba’zi futbolchilar bor. Masalan, Ibrohimxalil Yo‘ldoshev. U keyingi paytda juda ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Unga taklif juda ko‘p. Ibrohimxalil hozirning o‘zida Rossiyada ham, Evropada ham o‘ynab keta oladi.

ibo_1

- “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi Marlen Chobanovning qaytishi qanday yuz berdi?

- Bizning skautlarimiz uning ortidan Ukrainaga borgani yo‘q. Marlenning o‘zi “Lokomotiv”ga ko‘rikka keldi. Futbolchini Andrey Fyodorov chaqirgan ekan. Chobanov “Lokomotiv”dan ketganidan keyin biz uni ikki oy davomida kuzatdik va murabbiylarimiz uning harakatlaridan qoniqqani uchun ikki yillik shartnoma imzoladik.

- Evropadagi o‘zbekistonlik futbolchilarning faoliyatini kuzatib borasizmi?

- Albatta, kuzatamiz. Bu yigitlar milliy terma jamoa uchun ham o‘ynaydi-ku.

- Italiyalik muxlislar mehrini  qozongan Eldor shomurodov faoliyati haqida nima deya olasiz?

- Uni mehnatlari tufayli munosib tarzda hurmat qilishadi va yaxshi ko‘rishadi. Lekin hozir murakkab davrni boshidan o‘tkazyapti. Shunga qaramay, Eldor mehnatkash va iqtidorli  yigit. Ba’zida hujumchilarda shunaqa davr keladiki, gol urolmaydi, asabiylashadi. Shomurodov bir juft gol ursa, bu qiyinchiliklar o‘tib ketadi.

157245001_4358284624182424_8577558104168689540_o

- “Paxtakor”dan Igor Sergeev Qozog‘istonga ketdi. Uning kuchli tomonlari nimada?

- Menimcha, Igor Sergeev oxirgi ikki mavsum davomida eng zo‘r hujumchi bo‘ldi. Biz uni olib qolish uchun oxirigacha kurashdik, chunki biz xorijdan undan yaxshi hujumchini olib kelolmas edik.

- Qozog‘istonda kattaroq summa taklif qilishdimi?

- Gap pulda emas, boshqa narsada. Hozir bu haqida gapirmayman. Lekin uni olib qolish uchun haqiqatan ham oxirigacha harakat qildik.

Premer-liga klubi legionerimizga omad tiladi!

Legionerimiz braziliyalik to‘purarlar raqobatini enga oladimi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!