
Shomurodov gol urmasa bo‘lmaydi!
Soccer.ru sayti Rossiya premer-ligasining 28-turida o‘zini ko‘rsatolmagan futbolchilarning ramziy jamoasini tuzib chiqdi. Karantindan keyin gol ura olmayotgan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov ketma-ket ikkinchi marta ushbu jamoaga kiritildi.
Mazkur nashr mutaxassislar “Rostov” hujumchisining o‘yinini quyidagicha sharhladi:
"Birinchi davraning eng zo‘r to‘purarlaridan bo‘lgan Eldorning o‘yini karantindan keyin keskin pasayib ketdi. Ketma-ket olti uchrashuvdan beri gol urolmayapti. “Orenburg”ga qarshi uchrashuvda “Rostov” ustunlik qilib, 14 ta zarba berdi. Karpin jamoasining markaziy hujumchisi bo‘lgan Shomurodov raqib darvozasiga birorta zarba yo‘llay olmadi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalariga kelib, “Rostov” murabbiylarida jamoa bitta kam o‘ynayotgandek hissiyot uyg‘ondi va Eldorni almashtirishdi. Yomon tomoni, uning o‘rniga tushgan Proshlyakov ham hech qaysi bir jihatdan Eldordan ustun emas".
28-turda o‘z darajasida o‘ynay olmagan futbolchilar jamoasi quyidagicha ko‘rinish oldi:
Darvozabon: Andrey Lunev («Zenit»)
Himoyachilar: Aleksey Ribin («Tambov»), Pavel Maslov («Spartak»), Maksim Karpov («Krilya Sovetov»), Murilo Serkeyra («Lokomotiv»), Zaurbek Pliev («Dinamo»).
Yarim himoyachilar: Nail Umyarov («Spartak»), Emiliano Rigoni («Zenit»), Denis Popovich («Krilya Sovetov»).
Hujumchilar: Eldor Shomurodov («Rostov»), Eder («Lokomotiv»).
Bosh murabbiy: Domeniko Tedesko («Spartak»).
Shomurodovga yarashmagan terma jamoa!
Shomurodovni chorlayotgan jamoa kelasi mavsum Evropa Chempionlar ligasida o‘ynaydi
Fikrlar