Shomurodov gol urgan o‘yindan keyin Mourino nimalar dedi?

  • 8 noyabr, 2021, 06:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriyaning 12-turida “Venetsiya”dan 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchragan “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

Tecno

xphBh7GA99piyhVrihNR9utPW9gIOUJppalbYVPF-796x445

- Men bugun “Roma” haqida gapirmoqchi emasdim. Oxir-oqibat “Venetsiya” g‘olib chiqdi va ular muhokamaga loyiq.

Men asablarimni saqlashim va hissiyotlarimni jilovlashim kerak. 2:1 hisobida oldinga chiqib olganimizda hisobdagi farqni oshirish uchun imkoniyat ko‘p bo‘ldi. To‘pni nazorat qilayotgan edik, hammasi yaxshi ketayotgandi. Keyin nima bo‘lganini eslashni ham xohlamayman.

Biz gol urish uchun juda ko‘p qulay vaziyatlarni yaratdik, lekin xavfli vaziyatda o‘yinchilarning to‘g‘ri pas oshira olmayotgani odamni xafa qiladi. Bellashuv davomida bunaqasi 20 martacha bo‘ldi. Jordan Veretu va Lorentso Pellegrini kabi hujumkor futbolchilar forvardlarga juda yaqin turganiga qaramay, ularga to‘pni aniq etkazib berolmadi.

Shuncha vaziyat yaratib, etarlichi gol ura olmaslik mumkinmi?

Biz birinchi golni standart vaziyatdan o‘tkazib yubordik. Xuddi shunday vaziyatlarda qanday yo‘l tutishni kechagi mashg‘ulotlarda ham mashq qilgandik. Baribir himoyada xatoga yo‘l qo‘ydik.

Bosh murabbiy sifatida men maqsad qo‘yishim, o‘yinchilarda va o‘zimda ishtiyoq uyg‘ota olishim kerak. Maqsadimiz kuchli to‘rtlikka kirish deganimda, bizga boshha hech narsa kerak emasligini nazarda tutmaganman.

Hozirgi tarkibimiz o‘tgan yilgisidan kuchli emas. Yozda transfer qilingan futbolchilar jamoani kuchaytirish uchun emas, balki muammoli nuqtalarni yopish uchun olingan. Ular kelishi bilan tarkibimiz kuchayib ketdi, deb hisoblamayman.Qolaversa, tajribali futbolchilarni ham yo‘qotganmiz.

Kimlardir hakamlar qarorini tanqid qilyapti, demasligi uchun uchrashuvda darvozamizga belgilangan penaltiga izoh bermayman. Bu mavsum “Roma” uchun o‘tish davri bo‘ladi. Top darajadagi klub tashkil etishimiz uchun oldinda yana uch yil vaqtimiz bor. Bundan tashqari, asosiy jamoaga o‘rinbosarlar tarkibidan muntazam iste’dodli o‘yinchilar qo‘shilib, turishiga ehtiyoj bor. Buni ham hisobga olish zarur, - dedi Joze Mourino.

Ta’kidlash lozimki, uchrashuv Rim jamoasi uchun omadsiz boshlandi. “Venetsiya” vakillari ikkinchi daqiqadayoq hisobni ochdi. Golga Mattia Kaldara mualliflik qildi. Mehmonlar vaziyatni tenglashtirish uchun qirq daqiqa harakat qildi. 43-daqiqada Eldor Shomurodov javob to‘pini kiritdi. Bu legionerimizning “Roma” futbolchisi sifatida Italiya chempionatidagi birinchi goli bo‘ldi. Eldor uzoq davom etgan quruq seriyasiga barham berdi.

4

Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqasida Temmi Abraxam Eldor Shomurodovning super pasidan so‘ng “Roma”ni hisobda oldinga olib chiqdi. “Bo‘rilar” o‘yin oxirigacha g‘alabani ushlab qola olmadi. Himoyachilar xatosidan foydalangan mezbonlar ikkinchi taymda raqib darvozasini ikki marta ishg‘ol qilib, mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantirdi. Gollar Mattia Aramu va David  Okereke hisobiga yozildi.

Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng, Moruino jamoasining ochkolari o‘n to‘qqiztaligicha qoldi. “Roma” musobaqa jadvalida beshinchi o‘ringa tushib qoldi. Agar “Latsio” bu turda musobaqa autsayderlaridan hisoblangan “Salernitana”ni mag‘lubiyatga uchratsa, rimliklar yanada pastga sho‘ng‘iydi.

Qator mamlakatlar milliy chempionatlarida kichik tanaffus beriladi va futbolchilarning aksariyati terma jamoa yig‘iniga jalb qilinadi. Shomurodov ham terma jamoamizning sardori sifatida 15 noyabrda Gruziya bilan bo‘ladigan o‘rtoqlik uchrashuvida qatnashishi kutilmoqda.

1630851934_eqenqalrqekuxmbrugo3

“Roma” A Seriyadagi navbatdagi uchrashuvini 21 noyabr kuni o‘tkazadi. Shu kuni rimliklar Shomurodovning sobiq jamoasi “Jenoa” bilan Genuyada  kuch sinashadi.

Qahramonlik ko‘rsatgan Shomurodovning o‘yini qanday baholanmoqda?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!