Shomurodov bilan shartnoma imzolagan "Roma" Jekoga chiqish eshiklarini ko‘rsatdi

  • 5 avgust, 2021, 17:57
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘z safini o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov bilan to‘ldirgan "Roma" Edin Jekoga chiqish eshiklarini ko‘rsatishga tayyor. Bu haqda "Calciomercato" nashri xabar tarqatdi. 

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, rimliklar forvardni 15 million evroga qo‘yib yuborishga tayyor. Jeko xizmatiga Milanning "Inter" klubi jiddiy qiqish bildirmoqda. "Neradzurrilar" "Atalanta" hujumchisi Duvan Sapata transferini hal qilmasa, bosniyalik futbolchi bilan shartnoma imzolaydi. 

2020/21 yilgi mavsumda Edin 27ta o‘yinda maydonga tushib, 7ta gol urgan hamda 4ta golga assistentlik qilgan. Uning "bo‘rilar" bilan kelishuvi 2022 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!