Shomurodov bilan o‘ynagan yulduz futboldan haydalishi mumkin

  • 13 oktabr, 2023, 20:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya terma jamoasining ikki o‘yinchisi – Sandro Tonali va Nikolo Dzanolo politsiya tomonidan  futbol uchrashuvlariga pul tikkanlikda gumonlanib, so‘roq qilindi.

Tecno

Bu voqeadan keyin Italiya terma jamoasi murabbiylar shtabi har ikki futbolchini psixologik holatini inobatga olgan holda yig‘indan qaytarib yubordi. Ular oktyabr oyidagi FIFA kunlarida “Evro-2024” saralash musobaqasi doirasida Malta va Angliyaga qarshi o‘tkaziladigan o‘yinlarda qatnashmaydi.

Ta’kidlash joizki, bu futbolchilar Angliya Premer-ligasida o‘ynayapti va Garet Sautgeyt jamoasiga qarshi bahsda ularning tajribasi qo‘l kelishi mumkin edi.

O‘tgan yoz 23 yoshli Sandro Tonali “Nyukasl” taklifini qabul qilgan bo‘lsa, 24 yoshli Dzanolo Turkiya chempionatidan “Aston Villa”ga qo‘shildi.

Hozircha gumondorlarga nisbatan hech qanday ayblov ilgari surilmadi, shuningdek, chora ham ko‘rilmagan. Agar ularning aybi isbotlansa, kamida uch yilgacha futboldan haydalashi mumkin.

Ma’lumotlarga qaraganda, Italiyada futbolchilarning futbol uchrashuvlariga pul tikishi qat’iyan man etilgan. Biroq ular boshqa sport turlari uchun bukmekerlik idoralari xizmatiga murojaat qilishi taqiqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, Nikolo Dzanoli o‘z vaqtida Eldor Shomurodov bilan birga “Roma” sharafini himoya qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ilhomjon Feyz
13/10/2023 21:17
"Шомуродов билан ўйнаган футболчи" миш томларин кетибди спорт уз. Шомуродовни нима алоқаси бор мавзуга. Футболчини исмини ёзаверлар сарловхага. Шомани қанча кўз кўз қилмалариг, уни бори шу.