Shomurodov 30 yillik formada o‘ynaydi (foto)

  • 5 avgust, 2023, 20:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Kalyari” jamoasi italiyalik mashhur murabbiy Klaudio Raneri qo‘l ostida yana Italiya A Seriyasiga qaytdi.

Tecno

Hozir jamoa yuqori divizion o‘yinlariga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda. Klub rahbariyati tarkibni kuchaytirish maqsadida bir necha transferlarni amalga oshirdi. Xususan, bosh murabbiy talabi bilan “Roma”dan Eldor Shomurodov olib kelindi.

“Kalyari” mutasaddilari jamoa futbolchilari yangi mavsumda foydalanadigan formani taqdim etdi.

Mutaxassislarning ta’kidlanishicha, sardiniyaliklar yangi mavsumda 30 yil oldingi futbolkalarda ishlatilgan naqsh shakllari tushirilgan formada to‘p tepadi. Bu xabarni klub matbuot xizmati ham tasdiqladi.

16889757421273359596

“Kalyari” tarixida 1993-1994 yilgi mavsum alohida ahamiyat kasb o‘tadi. O‘sha mavsumni jamoa muvaffaqiyatli o‘tkazib, UEFA kubogining yarim finaligacha etib borgandi.

30 yil muqaddam “Kalyari” nufuzli musobaqaning chorak finalida “Yuventus”ni mag‘lubiyatga uchratgan edi. Biroq, yarim final bahsida bo‘lajak chempion – “Inter” futbolchilar “Kalyari”ni to‘xtatib qolgan.

Sardiniya klubi yangi mavsum ham jamoa uchun muvaffaqiyatli bo‘lishiga umid qilyapti.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!