Shohjahon Ergashevning vaznida WBO kamari vakant qoldi

  • 16 iyun, 2023, 09:19
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO
Professional boksning super engil vazn toifasida (63,5 kg) WBO chempionligini qo‘lga kiritgan Teofimo Lopes qisqa muddatda uni vakant qoldirdi. 
 
25 yoshli Lopes 10 iyun kuni sobiq chempion Josh Teylorni mag‘lub etib, ushbu titul egasiga aylangandi. Shundan so‘ng, u boksdagi faoliyatini tugatishini aytgan va endilikda kamarini ham rasman bo‘sh qoldirdi. 
 
Eslatib o‘tamiz, ushbu yo‘nalish reytingida hamyurtimiz Shohjahon Ergashev 4-o‘rinda bormoqda va agar yangilangan reytingda u yuqorilasa, chempionlik kamariga jang qilish imkoniga ham yaqin kelishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!