
Shohjahon Ergashev va Shahram G‘iyosov vaznida IBF kamari uchun eliminator jangi o‘tkazildi
Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida IBF yo‘nalishida majburiy da’vogarlik uchun 4 bokschi turniri e’lon qilingan. Bugun birinchi jang o‘tkazildi. PBC kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan boks oqshomida Sabriel Matias (17-1, 17KO) qozog‘istonlik Batir Jukembaevga (18-1, 14KO) qarshi ringga ko‘tarildi.
Dastlabki raundlarda Jukembaev jangni faol boshlaganiga qaramay, 6 va 7-raundlar og‘ir zarbalarni yo‘llay olgan Matias raqibini qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Jukembaevning murabbiylari uni 9-raundga chiqishidan bosh tortdi. Shu tariqa 1-eliminator jangida Matias texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi.
12 iyunga belgilangan 2-saralash bahsida Luis Ritson va Xeramias Ponse o‘zaro jang qiladi. Jang g‘olibi Matiasga qarshi yakuniy eliminator, shu bilan birgalikda IBF jahon chempionlik kamari uchun majburiy davogar maqomiga ega bo‘lish uchun kuch sinashadi.
Eslatib o‘tamiz, bu vaznda WBA, WBO, IBF, WBC chempionlik kamarlari britaniyalik Josh Teylorga tegishli.
Fikrlar