
Shohjahon Ergashev va Sabriel Matias jangiga ochiq promouterlik savdosi e’lon qilindi
Professional boksning super engil vazn toifasida (63,5 kg) IBF chempionlik kamarini egasi Sabriel Matias va Shohjahon Ergashev jangiga buyruq berilgan edi.
Belgilangan muddatda tomonlar o‘zaro kelishuvga erisha olmagani sababli IBF jangni tashkil etish xuquqini beruvchi promouterlik savdosiga buyruq berdi. Unga ko‘ra ochiq auktsion 15 avgust kuni o‘tkaziladi. Bunda promouterlik kompaniyalari ushbu jangni tashkilchiligini olish uchun pul tikishadi va g‘olib kompaniya Ergashev va Matias jangini tashkil qiladi. Auktsion sotuvidan tushgan mablag‘larning 70 foizi chempion Matiasga, 30 foizi da’vogar Ergashevga gonorar sifatida beriladi.
Fikrlar